Tilla kampir
Tilla kampir (18-a.ning oxiri — Samarqand viloyati Qo’shrabot tumani Qo’rg’on qishlog’i — 19-a.ning 1yarmi) — o’zbek dostonchishoirasi, Ergash shoirning otasi Jumanbulbulning momosi. Asarlari yozib olinmagan. U haqida ayrim nakdlar, asarlaridan ba’zi parchalar bizgacha etib kelgan. Aytishlaricha, T. k. “Oysuluv” dostonini yuksak san’atkorlik bilan kuylagan. Bir naklga ko’ra, shoira yosh vaqtida eri o’lgan, qo’lida yosh bolasi qolgan. Xuddi shu vaqtda uning ko’liga kuydirgi yarasi chiqqan. Shunda shoira shunday kuylagan ekan: Kuydirgi meni kuydirdi, Ko’zimning yoshin quydirdi, Qaddimni yoyday eydirdi, Eli-xalqimni jiydirdi, Ko’kdan kiyim kiydirdi. Jumanbulbul o’g’li Ergashga shunday degan ekan: “biz bilmay qolibmiz, qishlog’imizda ikki chechan kampir bor ekan, o’lib ketdi. Ulardan so’zni o’rganib qolmabmiz. Yoshlik qildik, tilla kampirdan gap — qo’shiq o’rganmadik. Birimiz — Jissoq, shoirlarning ustodi, birimiz — bulbul, bulbul bilan qo’shiq aytishganda, o’rtadagilar biznikini qiladi ma’qul, tilla kampirning ham topgani shul, — deb berdik. So’ng bilsak, biz toy ekanmiz, u — tulpor, biz jilg’a ekanmiz, u — buloq, biz daryomiz deganda, u dengiz ekan”. Ad.: Bulbul taronalari [5 j.li], 5J., T., 1973. To’ra Mirzaev.