Tillako’z pashshalar

Tillako’z pashshalar (Chrysops) — so’nalar oilasiga mansub pashshalar urug’i. Uz. 1-2 sm. 200 tacha, jumladan O’zbekistonda 7 turi ma’lum. Ko’pchilik turlari o’rmon mintaqasi uchun xos (ayniqsa Sibirda ko’p uchraydi). Lichinkalari, asosan, suv havzalari qirg’og’ida yashab, organik qoldiqlar bilan oziqlanadi. Urg’ochisi yirik sut emizuvchilar qonini so’radi; erkagi gul shirasi bilan oziklanadi. T.p. uy hayvonlari va odamlarga tulyaremiya, kuydirgi va b. kasallik qo’zg’atuvchilarini yuqtiradi.