Tillatepa

Tillatepa — shim. Afg’onistondagi Shibirg’on sh.dan 5 km shim.da joylashgan manzilgoh (mil.AV. 10-9-a.lar) va qabriston (mil. AV. 1-a.). V.I.Sarianidi rahbarligidagi arxeologik ekspedisiya tomonidan 20-a.ning 70-y.larida topilgan va tadqiq etilgan. T. aylana tarhli (diametri 100 m), bal. 4 m bo’lib, arxeologik qazishmalar natijasida undan mil. AV. 9-7-a.larga oid ulkan bino; qizil, qora bo’yoklar bilan o’ziga xos naqsh solingan spool idishlar, tosh yorg’uchoq (yormatosh)lar va ularning dasta ‘ lar hamda 6 ta qabr topilgan. Shundan 5 tasi ayollar qabri (mil. AV. 1-a. — mil. 1-a.gaoid) bo’lib, qabrlardan, asosan, oltindan ishlangan 20 mingta buyum chiqqan. Marxumlar yog’och tobutga yotqizilib, tobut ustiga tilla va kumush bezaklar bilan qadama qilib ishlangan yopinchiq yopib qo’yilgan. Marxumlarga yuzlab mayda tilla qadama bezaklar, taqinchoklar kadab bezatilgan qimmatbaho zardo’zi liboslar kiydirilgan. Topilmalar ichida 2 shoxli ajdarhoning oyog’idan ushlab turgan ma’buda tasviri tushirilgan taqinchoq (shokila), otga hujum qilayotgan bo’rilar aks ettirilgan qoplama, qanotli ma’buda haykalchasi, sher ustida o’tirgan ma’buda tasviri bor, Feruza toshlar bilan bezatilgan tilla to’qa, delfinda savlat to’kib o’tirgan “amurlar” tasvirlangan tugmalar, Ares (yunonlarning urush xudosi) surati aks etgan taqinchoq, uzuklar va bilaguzuklar, har xil qaykalchalar, idishlar, xanjarlar, Parfiya va Rim podshoxlari (Mitridat II, Fraat IV, Rim imperatori Tiberiy aureusi)ning mil. AV. 16—21y.lar davomida Lugdunumda zarb qilingan tangalar diqkatga sazovordir. Buyumlar tarkibining taxlili ellinizm dunyosining kuchli ta’siri sakparfiya va hindparfiya, shuningdek, Baqtriya, madaniyati elementlari uygunlashib ketganligini ko’rsatadi. Edvard Rtveladze.