TILQIYAR

TILQIYAR (Hierochloe) — bug’doydoshlar (g’alladoshlar)ga mansub ko’p yillik o’tlar turkumi. Er yuzida 15 turi, O’zbekistonda bir turi (N. odorata) tarqalgan. Asosan, mo”tadil va sovuq iklimli erlardagi sernam o’rmonlarda uchraydi. Tupguli — ro’vak. May — iyunda gullab meva tugadi. T. tarkibida kumarin moddasi bor. T. ekstrakti vino va b. ichimliklar tayyorlashda ishlatiladi.