Tim

Tim (fors.toj.) — usti yopiq bozor, savdo rastasining baland tomi, gumbazi. T. lar kadimda asosan yirik shahar markazlarida, ko’chalar kesishgan chorraha, Chorsu, guzar maydonida, karvonsaroylar yaqinida joylashgan. Usti ulkan gumbaz bilan qoplanib, bir necha hunarmandlik do’konlari va savdo rastalarini o’z ichiga olgan. T.lar shahar me’morii qiyofasini belgilashda muqim ahamiyatga ega bo’lgan. Sug’dlarning shahar ichidagi bozorlari va savdo rastalari Arab manbalarida “Suk” deb, chorrahada joylashganlari “choxorsuk” yoki Chorsu deb yuritilgan. Keyinchalik 4 tomoni kesishgan ko’cha markazida joylashgan savdo tarmoklari toqlar qurilgan. Narshaxay, Klavixo, E.Jekinson va b.ning esdaliklarida T.lar qurilishi haqida ma’lumotlar saqlangan. Abdullaxon TIMI, Olloqulixon karvonsaroyi va TIMI kabi noyob me’morii edgorliklar hoz. kunda mahalliy savdo markazlari sifatida o’z ahamiyatini yo’qotmagan.