TIMISHOARE

TIMISHOARE — Ruminiyaning g’arbiy qismidagi shahar, bega daryosi bo’yida. Timish judesining ma’muriy markazi. Aholisi 324,3 ming kishi (1998). Transport yo’llarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro axamiyatga ega. Mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika va radioelektronika, kon sanoati uchun jihozlar, qishloq xo’jaligi. mashinalari ishlab chiqarish.), neft kimyosi, mebel, to’qimachilik, tikuvchilik, ko’npoyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Unt, teatrlar, muzeylar bor. Shahar 13-a.dan ma’lum. Me’morii yodgorliklardan Yanosh Xunyadi qasri (14-15-a.lar), barokko uslubida qurilgan cherkov va monastirlar (18-a.) saklangan.