Timpanal organlar
Timpanal organlar (Yun. tympanon — timpan — nog’ora) — hasharotlar (to’g’ri qanotlilar, jizildoqlar, ayrim kapalaklar, to’rqanotlilar)ning ovoz chiqarish organlari; o’z turi va ayrim yirtqichlar (mas., ko’rshapalaklar exolokasiya) signallarini qabul qiladi. T.o. timpanal membranalar va ularga yoki traxeyalarga birikkan sezgir xordotonal sensillalardan iborat. Ular soni 2-4 dan (tangachaqanotlilar) bir necha o’nta (to’g’riqanotlilar), hatto bir necha yuztagacha (jizildoqlar) bo’ladi. T.o. oldingi oyoqlarning boldir qismida temirchaklar, chirildoklar, buzoqboshilar, ko’krakda (suv qandalalari) yoki qanotlarda (to’rqanotlilar) joylashgan. To’g’ri qanotlilar T.o.i 0,2— 100 kgs, jizildoqlar 0,2—20 kgs, tangachaqanotlilar 1-240 kgs chastotali diapazondagi tovushlarni qabul qiladi. T. o. eshitish organi bo’lgan hasharotlarda yaxshi rivojlangan.