Tinch okean

Tinch okean, Buyuk okean dunyo okeanining bir qismi, kattaligi va chuqurligi jihatidan er sharida 1o’rinda. T.o. g’arbdan Evrosiyo va Avstraliya, sharqdan shim. va Jan. Amerika, shim.dan Chukotka va Syuard ya.o.lari o’rtasidagi yo’lak, Jan.dan Antarktida bilan chegaralangan. Maydoni dengizlari bilan birga 178,6 mln. km2, dengizlarsiz 148,3 mln. km2, suvining hajmi 710 mln.km3. O’rtacha chuq. 3980 m, eng chuqur joyi 11022 m (Mariana novi). Qirg’oklarining aksari qismi Ford tipli va emirilgan, G’arbdagi tropik kengliklarda marjonli, ba’zi joylari to’siq rifli. Antarktida dagi qirg’oklar, asosan, shelf muzliklari bilan qoplangan. Dengizlar, ko’proq, T. o.ning shim.g’arbiy va g’arbiy chekkalarida joylashgan. Yarim yopiq dengizlar: bering, Oxota, Yapon, Sharqiy Xitoy, sariq va Jan. Xitoy, Ichki Yapon; orollararo dengizlar: AvstraliyaOsiyo O’rta dengizlari deb umumiy nomlanadi; chekka dengizlar: marjon va Tasman dengizlari, Jan.da Antarktida sohili yaqinidagi Amundsen, Bellinsgauzen va Ross dengizlari. T. o. orollarining ko’pligi (taxm. 10 ming) va umumiy maydoni (3,6 mln. km2) bo’yicha okeanlar o’rtasida 1 o’rinda. Materik orollari — Saxalin, Yapon, Tayvan, Malay arxipelagining yirik orollari, yangi Zelandiya T.o.ning g’arbiy chekkasida, sharqida orollarning katta kismi shim. va Jan. Amerika qirg’oqlari yaqinida joylashgan. Aleut, Kuril, Ryukyu, Gavayi, Samoa, Markiz, Tabuan, Galapagos va b. orollar vulkan otilishi natijasida kelib chik,qan. Karolina, Marshall, Tuamotu, Gilbert — marjon orollar. T.o.ning Markaziy va Jan.g’arbiy qismidagi orollar Okeaniya deb nomlanadi. Relefi va geologik tuzili sh i . T. o. tubi tektonik jihatdan o’ziga xos tuzilishga ega, boshqa okeanlardagiga nisbatan bu erda vulkan, suv osti tog’i va atoll ko’p. T.o. hamma tomondan harakatdagi vulkanlari bo’lgan burmali tog’lar bilan o’ralgan. Boshqa okeanlar tubiga nisbatan T.o. tubi relefining juda ham parchalanganligi va shelfning uncha rivojlanmaganligi (umumiy maydonining 1,7%) uning umumiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Chekkalarining chuq. 150 m dan 500 m gacha bo’lgan shelf (uz. 800 km gacha) bering, Sharqiy Xitoy, Jan. Xitoy va Yava dengizlarida, keng shelf Avstraliyaning Kvinslend shtati yaqinida bo’lib, marjon qurilmalari ko’p, ular sharkdan dunyoda eng yirik katta to’siq rifi bilan o’ralgan. Shim. va Jan. Amerika qirg’og’i yaqinidagi shelf nisbatan kambar (bir necha o’n km). Materik yon bag’irlari tik, ko’pincha zinapoyasimon, kan’onlar (Monterey, bering) bilan o’yilgan. T.o.ning Alyaska ya.o.dan yangi Zelandiyagacha bo’lgan g’arbiy qismida chekka dengizlar soyligi sistemasi (chuq. 3000 dan 7000 m gacha), orollar yoyi va ularga tutash okean novlari — Aleut (7855 m), Kurilkamchatka (9717 m), Filippin (10265 m), Mariana (11022 m) bor. T.o.ning chegarasida yirik ko’tarilmalar bilan ajralgan keng soyliklar (chuq. 4000 m dan 7000 m gacha bo’lgan shim.Sharqiy, Shim.G’arbiy, Markaziy, Jan. Peru va h.k.) mavjud. T. o.ning yirik relef strukturasi — Sharqiy tinch okean ko’tarilmasi dunyo okeani o’rtaliq tog’tizmalari tarkibiga kiradi, biroq u suv osti tog’sistemasining boshqa tizmalaridan farq qilib, Okeanii 2 asimmetrik qismga ajratadi va unda Rift vodiylari aniq aks etmaydi. Eng muhim vulkan marzalari va tizmalari: layn, Gavayi, shim.G’arbiy, MerkusNekker va b. T.o.ning Sharqiy qismini va Sharqiy tinch okean tizmasini juda ko’p yoriqlar zonasi kesib o’tgan. Okean tubidagi cho’kindi jinslar tarkibi tektonika va okean tubi relefi bilan bog’liq. Terrigen nurash materiallari va gilli cho’kindilar materiklarning suv ostidagi chekkalarida, dengizlar tu-bida va chukur suv osti novlarida ko’proq to’plangan. Cho’kindilar qalinligi okean qa’rida va novlarda 2-3 km, bu esa T. o.ni eng qad. okeanlardan biri ekanligini ko’rsatadi. Kremniyli (diatom va diatomradiolyariyli) cho’kindilar fitoplanktonga boy zonalarda 3 ta kenglik mintaqasini hosil qiladi. Pelagial qizil gillar 4500-5000 m dan ziyod chuqurliklarda uchraydi. T.o. g’arbiy qismining tubida cho’kindilarga vulkan jinslari aralashgan. Okean tubida foydali qazilmalardan neft, Nodir metallar rudalari, qalay, temir va titantemir qumlari, oltin, temirmarganes g’uddalari va b. uchraydi. Gidrologik rejimi. T.o.ning kata qismi subekvatorial, tropik, subtropik va mo”tadil iklim mintaqalarida va qisman ekvatorial va subantarktika mintaqalarida joylashgan. Shim.dan Jan.ga katta masofaga cho’zilganligi tufayli iqlimi ham xilmaxil. T.o. ustidagi atmosfera tsirkulyasiyasi 4 ta asosiy atmosfera bosimi oblasti: Aleut minimumi, shim. Tinch okean, Jan. Tinch okean va Antarktida maksimumlariga bog’liq. Okean ustida vujudga keladigan atmosfera tsirkulyasiyasi natijasida yuzaki oqimlar subtropik va tropik kengliklarda antisiklonal, shim. o’rtacha va Jan. yuqori kengliklarda tsiklonal aylanma harakat qiladi. Natijada tropic va subtropik kengliklarda shim.Sharkiy, Jan.da Jan.Sharqiy shamollar — passatlar (boshqa okeanlardagiga nisbatan kuchsizrok, va sharqida g’arbdagiga nisbatan kuchliroq) hamda mo”tadil kengliklarda kuchli g’arbiy shamollar esadi. Tropik mintaqalar g’arbida tez-tez dovullar — tayfunlar bo’lib turadi. T.o.ning shim. qismida atmosferaning mussonli tsirkulyasiyasi hukmron. Havoning o’rtacha trasi ekvatorga yaqin joylarda Fev.da 26-27°, avg.da 26-28°, bering bo’g’izida Fev. da -20°, avg.da 6-8°, Antarktida qirg’oklari yaqinida Fev.da -10°, avg. da -25°. T.o.da yog’in mikdori suvning bug’lanishiga karaganda ko’proq. Yillik o’rtacha yog’in ekvator yonida 3000 mm dan ziyod, o’rtacha kengliklarning g’arbida 1000 mm, sharqida 2000— 3000 mm, eng kam yog’in subtropiklarning Sharqiy chekkalarida yogadi (200-300 mm). T. o.ning shim. qismida iliq shim. Passat — Kurosio va shim. Tinch ocean hamda sovuq Kaliforniya oqimlari aylanma oqimni keltirib chiqaradi. Shim. dagi mo”tadil kengliklarning g’arbida sovuq Kuril oqimi, sharqida iliq Alyaska oqimi mavjud. T.o. ekvatorial tsirkulyasiyasida Passatlararo ters oqimi muhim ag’amiyatga ega. Bu oqim T. o.ni g’arbdan sharqqa qarab g’arbda 150-300 m.Sharqda 250 300 m chuqurlikda, 500600 km kenglikda kesib o’tadi. Oqim tezligi 5,4 km/soat. Okeanning Jan.da Jan. Passat, Sharqiy Avstraliya iliq oqimlari va G’arbiy shamollar va Peru sovuq oqimlari antisiklonal tsirkulyasiyani yuzaga keltiradi. Suvning sho’rligi shim. va Jan. subtropik kengliklarda 35,5%o bo’lib, ekvatorga tomon kamayib boradi (34,5 %o) va shim. mo”tadil kengliklarda 30— 31 %oga kamayadi. Suv zichligi ekvatordan yuqori kengliklarga qarab bir maromda (1021 kg/sm3 dan 1027 kg/sm3gacha) oshib boradi. T. o. suv sathining ko’tarilishi har yarim sutkada (Alyaska qo’ltig’ida 5,4 m, Oxota dengizida 12,9 m), Solomon o.lari atrofida har sutkada takrorlanadi (bal. 2,5 m). Shamol ta’sirida kuchli to’lqinlar, er qimirlash ta’sirida sunami (50 m gacha) bo’ladi. Muzlar T.o.ning shim.g’arbiy (bering, Oxota, Yapon, sariq) dengizlarida va Alyaska qo’ltig’i shim.da qamda Antarktida sohillari yaqinida hosil bo’ladi. Muzlarning asosiy kismi va suzuvchi muzlar yuqori Jan. kengliklarda qishda 61-64° j.k., yozda 70° j.k.da ko’p bo’ladi. Yoz oxirida aysberglar 46-48° j.k.da ham uchraydi. O’simliklari va hayvonot dunyosi. T.o.ning flora va faunasi juda boy va xilmaxil. 100 mingdan ortiq hayvon turi, 380 dan ortik, fitoplankton turi ma’lum. Shelf zonasida turlituman qo’ng’ir, fukus, laminar suvo’tlar, mollyuskalar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ignatanlilar va b. organizmlar yashaydi. Tropik kengliklarda marjon riflari juda rivojlangan. Baliqlarning tropiklarda 200 turi, mo”tadil kengliklarda 800 turi mavjud. Shim. mo”tadil va Jan. yuqori kengliklarda sutemizuvchilardan dengiz mushugi, kashalot va b., morj, laxtak, sivuch, Qisqichbaqa, krevetka, ustrisa, boshoyokdi mollyuskalar juda ko’p. T.o. faunasining aksari qismi endemik. Tadqiq qilinish tarixi. T.o.ni o’rganish tarixi 3 davr: qad. sayohatlardan 1804 y.gacha, 1804 y. dan 1873 y.gacha va 1873 y.dan keyingi davrni o’z ichiga oladi. Birinchi davrda er sharining shu qismida suv va quruqlikning taqsimlanishi o’rganilgan. T.o.ning chegaralari, boshqa okeanlar bilan bog’liqligi aniklangan. Bu davr Buyuk geografik kashfiyotlarni o’z ichiga olgan. Ikkinchi davrda T.o. suvining fizik xossalari, chuqur joylari o’rganildi. Bu davrda dunyo aylana sayohatlar boshlandi. Uchinchi davrda maxsus ekspedisiyalar va sohildagi styalar kompleks okeanologik tadqiqotlar olib bordi. Okeanologik va ilmiy muassasalar va xalqaro birlashmalar tashkil etildi. Xalqaro geofizika yili va xalqaro geofizika hamkorligi dasturlari asosida T.o. tubining relefi mukammal o’rganildi, yangi barimetrik va dengiz navigasiyasi xaritalari yaratildi. T.o. davlatlararo okeanografik komissiya dasturlari asosida ishlaydigan xalkaro ekspedisiyalar tomonidan yanada chuqurroq o’rganilmoqda. Iqtisodiy geografik ocherk. T.o.ning jahon xo’jaligida tutgan o’rni unga tutash mamlakatlarda yashaydigan aholi soni va ishlab chiqaradigan sanoat hamda qishloq xo’jaligi. maxsulotlarining hajmi, okeanning boy va turlituman tabiiy resurslari va muhim transport yo’llari bilan belgilanadi. Okeanlardan ovlanayotgan dengiz mahsulotlari va baliqning 60%ga yaqini T.o.ga to’g’ri keladi. Eng ko’p ovlanadigan baliqlar: losossimonlar, seldsimonlar, treskasimonlar, skumbriya, sardina, sayra, dengiz olabug’asi, tuneslar, kambalasimonlar. Okeanning shim.g’arbiy qismida losossimon baliqlarning asosiy dunyoviy zaxirasi to’plangan. Umurtqasizlardan turli mollyuskalar va qisqichbaqasimonlar ovlanadi. T. o. turli suvutlar, laminariya, zostera dengiz uti va b.ning 90%ni beradi. Jahon miqyosidagi akvakultura mahsulotining 3/4 qismi shu okeanga to’g’ri keladi. T.o. havzasida baliq ovlash bo’yicha bir necha xalqaro Konventsiya tuzilgan. Ular okeanning biologik boyliklaridan oqilona va samarali foydalanishga qaratilgan. Rutil va tsirkonning jahon bo’yicha eng yirik konlari T.o.da Avstraliyaning Sharqiy va Jan.Sharqiy qirg’oqlari yaqinidagi qismida, ilmenitsirkonli qumlar shim. Amerikaning Alyaskadan Kaliforniyagacha bo’lgan g’arbiy qismida, kassiteritning boy sochma konlari Jan. Sharqiy Osiyoda, titanmagnetitli qumlar Yaponiyaning qirg’oq bo’yi qismida joylashgan. Alyaskaning sohilbo’yidengiz qismi oltin va platinaga boy. T.o.ning chuq. 3000 m dan ziyod bo’lgan qismida, asosan, 6° va 20° shu kabi va taxm. 180 va 120° G’.u. oraligidagi mayd. 6 mln. km2 ga teng zonada temirmarganes konkresiyalarning yirik konlari bor. Okeanda 120 dan ortiq neft va neftgaz konlari razvedka qilinib, 70% ishga tushirilgan. Asosiy neftgaz rni — Kaliforniyaning Jan. shelf qismi, Kuk, Guayakil qo’ltiklari, Yaponiyaning garbiy shelf qismi, Boxayvan qo’ltig’i, base bo’g’ozi, Malay arxipelagi, yangi Zelandiya, Bruney, Tailand, Malayziya, Indoneziya, Peruda. Yaponiya qirg’oqlari yaqinida okeandan toshko’mir olinadi. T. o. okeanda tashiladigan yuklar hajmi va ularning o’sish sur’ati bo’yicha 2o’rinda. Okeanda eng ko’p neft, yog’och materiallar, metall rudasi, oziq-ovqat mahsulotlari tashiladi. Eng muhim transport yo’llari AQSh va Kanada portlarini Yaponiya portlari bilan bog’laydi. Suv yo’li orqali Yaponiyaga toshko’mir, o’rmon mahsulotlari, bug’doy, ruda va b. yuklar olib boriladi, orqaga avtomobil, elektr apparaturalari, matolar, baliq tashiladi. Amerikaavstraliya yo’nalishida ham katta hajmda yuk ortilgan kemalar qatnaydi. Jan. Amerika mamlakatlarini AQSh va Kanadaning T.o. va Atlantika okeani (Panama kanali orqali) portlari bilan bog’lovchi yo’nalish bo’yicha qora va rangli metal rudalar, selitra va b. xom ashyo, kon sanoati uchun mashinalar, dastgoxlar tashiladi. Yirik portlari: Vladivostok, Naxodka (Rossiya), Vonsan (KXDR), Tyantszin, Shanxay, Guanchjou (Xitoy), Yokoxama, Kavasaki, Tiba, Kobe, Osaka, Tokio (Yaponiya), Xayfon, Xoshimin (Vetnam), Syangan (Syangan), Singapur (Singapur), Sidney, Melburn (Avstraliya), Uellington (yangi Zelandiya), Vankuver (Kanada), Losanjeles, Sanfrantsiskooklend, Sietl, Portlend (AQSh), Kalyao (Peru), Uasko (Chili).