Tinish belgilari
Tinish belgilari – muayyan tilda yozma nutqni to’g’ri, ifodali, mantikli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlari (ran bo’laklari)ning o’zaro mantiqiygrammatik munosabatlarini ko’rsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. T.b. Markaziy, asosiy belgilar tizimiga (harflar va T. b.) mansub bo’lib, u qo’shimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) ma’lum jihatlari bilan farq qiladi. T.b. ning yozuvda qo’llanishi o’ziga xos tizimga ega. Bu tizim — T.b. miqdori, qo’yilish tartibi va qo’llanish printsiplari yig’indisi — punktuasiyanp vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) xamda til birliklari (so’zlar, morfemalar) bilan ko’rsatish mumkin bo’lmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. T.b. ning asosiy vazifasi nutqning mazmuniy bo’linishini ko’rsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonasion jihatini aniqlashga yordam berishdir. Hoz. o’zbek yozuvida T.b. soni 10 ta: nuqta, so’roq belgisi, undov belgisi, vergul, qavs, tire, ko’p nuqta, nuqtali vergul, qavs, qo’shtirnoq. Ularning aksariyati 19-a. 2yarmida ayrim gaz. va toshbosma kitoblarning nashr etilishi bilan paydo bo’lgan. T. b. o’z vazifasiga ko’ra, 2 ga bo’linadi: a) chegaralovchi T.b. — muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umuman gapning chegarasini bildirish, bironbir gap bo’lagini intonasionmazmuniy jihatdan ajratib ko’rsatish, nutq qaratilgan shaxs yoki predmet nomi qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi (so’zlovchi)ning sub’ektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini ko’rsatish uchun xizmat qiluvchi T.6.: qavs, qo’shtirnoq, yagona qo’shaloq belgi sifatida qo’llanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b) ajratuvchi T.b. — mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va ergash gaplar, bog’langan va bog’lovchisiz qo’shma gaplarning predikativ qismlari)ni, gapning uyushgan bo’laklarini, birgalik ergashishli qo’shma gagsharni, gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlarini, nutqning bo’linganligini ko’rsatuvchi T.6.: nuqta, so’roq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, ko’p nuqta. Ba’zi T.b. ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta oladi. T.b. tuzilish jiqatdan ham 2 ga bo’linadi: a) bir elementli T. b. — vergul, tire, nuqta; b) ko’p elementli T. b. Bu guruh, o’z navbatida, 2 elementli (surok, va undov belgilari, ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs), 3 elementli (ko’p nuqta) va 4 elementli (qo’shtirnoq) T.b. ga ajraladi. Qo’llanish o’rniga ko’ra, T.b. 3 guruhga bo’linadi: gap oxirida qo’llanadigan T. b. (nuqta, so’roq va undov belgilari), gap o’rtasida qo’lanadigan T.b. (vergul) va aralash, ya’ni gapning turli o’rinlarida qo’llaniladigan T. b. (tire, ikki nuqta, qo’shtirnoq, qavs, kup nuqta). T. b. ning qo’llanish usuli va tartibi punktuasiyaning mantiqiygrammatik, uslubiy va differentsiasiya (farqlash) printsiplari asosida belgilanadi. Ad.: Abdurahmonov G’., Punktuasiya o’qitish metodikasi, T., 1968; Nazarov K., O’zbek tili punktuasiyasi, T., 1976. Abduvahob Madvaliev, Ne’mat Mahkamov.