Tip

Tip (phylum) (hayvonlar sistematikasida) — yuksak taksonomik kategoriyalardan biri. T. darajasi berilgan muayyan hayvonlar guruhi (taksoni). T. o’zaro qarindosh bo’lgan sinflarni birlashtiradi; ko’pincha sinfdan yirikroqtaksonlar — T.larga bo’linadi. Bitta T.ga kiradigan organizmlarning umumiy tuzilish belgilari o’xshash bo’ladi. Frantsuz paleontologi J. Kyuvenij hayvonlarni 4 shox (umurtqalilar, yumshoqtanlilar, bo’g’imlilar, nurlilar) ga ajratish to’g’risidagi taklifiga asoslanib, frantsuz zoologi va Anatomi A. Blenvin (1825) “T.”tushunchasini fanga kiritadi. J.Kyuve fikricha, T. o’zgarmas, biri ikkinchisi bilan bog’lanmagan. Rus olimlari A.O.Kovalevskiy va I.I.Mechnikovlar ko’p hujayrali organizmlarning barcha T. i embriogenezi umumiyligini anikladi. Hozir T.ga muayyan guruhga mansub organizmlar kelib chiqishidagi umumiy stvol sifatida qaraladi. Hayvonot olamidagi T.lar soni va nomi to’g’risida yagona fikr yo’q. Har xil sistemalarga qaraganda hozir hayvonot dunyosida 10 dan 33 tagacha (ko’pincha 18-25) T. mavjud. Mas., J.Kyuve davridan boshlab ayrim zoologlar halqali chuvalchanglar bilan bo’g’imoyoqlilarni yagona bo’gimlilar T.iga birlashtirishni yoki yaqingacha T. hisoblangan eng soda hayvonlarni bir necha T.ga bo’lishni tayutif etishadi. T.lar tarkibiy jihatdan ham bir-biridan farq qiladi. Mac, plastinkalilar T.i 2, pogonofalar 150, bo’g’imoyoklilar bir mln.dan ko’proq turni o’z ichiga oladi. Shuningdek, T.ning kenja T.ga bo’linishida ham munozarali fikrlar mavjud. Sistematik nomenklaturada T. (typus) — muayyan takson nomining tavsifi bilan bog’liq bo’lgan o’simlik yoki hayvon nusxasi (golotip); agar golotip nusxa saqlanmagan bo’lsa, etalon sifatida shu seriyadagi boshqa nusxalar (paratip) yoki tipik material olingan joydan yig’ilgan yangi nusxalar (laktotip), ba’zan T.ning original tavsifi yoki rasmi etalon sifatida qabul qilinadi. Urug’ T. i — shu urug’tavsifi uchun asos bo’lgan tur; T. oilasi — T. urug’i.