Tipologik landshaft komplekslari

Tipologik landshaft komplekslari – tipologik xususiyatlarga qarab ajratiladigan tabiiy geografik komplekslar. Tipologik landshaft komplekslarini ajratish va klassifikatsiya qilishda hududlarning tabiatiga ko`ra bir butunligi (yaxlitligi) emas, balki turli yerdagi landshaftlarning o`zaro o`xshashligi (bir landshaft tipiga kirishi) hisobga olinadi. Binobarin, bunda bir xil landshaft tipi bir necha uzoq areal hosil qiladi. O`rta Osiyo tekislik landshaftlari quyidagi tiplarga bo`linadi: subtropik chala cho`llar, cho`llar, subtropik o`tloqlar, madaniy – voha tiplari. Tog` landshaftlari tiplari: glyatsial – nival, tog` tundralari, tog` o`rmonlari, tog` o`tloqlari, tog` o`rmonli dashtlari, tog` dashtlari, tog` chala cho`llari tiplari.