Tipratikanlar, kirpilar
Tipratikanlar, kirpilar (Erinaceidae) — hasharotxo’r sut emizuvchilar turkumi oilasi. Oyoqlari ko’pchiligida 5 barmokli; lyuqori, ba’zan pastki kurak tishlari yirik, yirtqich tishlariga o’xshash. Teri osti muskullari yaxshi rivojlangan; ular qisqarishi tufayli T. gavdasi sharsimon shaklga kiradi. 12-15 turi ma’lum. Evropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. O’zbekistonda 2 turi: qulokdor T., kora ignali T. uchraydi. Qulokdor T. (tanasi 15-19 sm, kulog’i uzun, korni mayin oq jun bilan qoplangan) O’zbekistonning hamma hududlarida tarqalgan. Qora ignali T. (tanasi 22-27 sm, dumi 23-37 mm, tikanlari 4 sm cha, peshonasi tikansiz) O’zbekiston Jan.da — Jizzax, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. Qishki uyquga yotadi. Asosan, hasharotlar, shuningdek, mayda umurtqali hayvonlar (ilonlar), kamdankam o’simlik mahsulotlari bilan oziklanadi. Q.x. zararkunandalari— hasharotlarni eb fonda keltiradi.