Tirana
Tirana — Albaniya poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Adriatika dengizidan 40 km masofada, tog’oralig’idagi vodiyda joylashgan. Tirana retining ma’muriy markazi; alohida ma’muriy birlik. Aholisi 245 ming kishidan ziyod (1990-y. lar o’rtalari). Iklimi subtropik, iyulning o’rtacha trasi 24°, yanv.niki 4-5°. Yillik yog’in 1350 mm dan ziyod. T. — transport yo’llari tuguni. T.y. orqali Durres porti bilan bog’langan. Shahar yaqinida Rines aeroporti bor. T. va uning atrofidagi korxonalar – da mamlakat sanoat mahsulotining 1/5 qismi ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: to’qimachilik, metallsozlik, mashinasozlik, oziq-ovqat. Shuningdek, oynakeramika va ko’npoyabzal sanoatlari ham rivojlangan. T. — yog’och, kumush, keramikaga badiiy ishlov berish markazi. T. qo’lyozmalarda kichik manzilgoh sifatida 15-a.dan tilga olingan. 17-a. boshida shahar barpo qilingan. 1920 y.dan Albaniya poytaxti. T. binolari qad. Sharqqa xos uslublarda qurilgan eski va zamonaviy yangi qismdan iborat. Iskandarbek maydoni atrofida hukumat idoralari, ma’muriy binolar joylashgan. Me’moriy yodgorliklardan masjid (17- a.) va minora saqlangan. Unt (1957), Albaniya FA, intlar, milliy tarix muzeyi, tasviriy san’at galereyasi va b. bor. T. yaqinidan kumir kazib olinadi.