Tirik tug’ish
Tirik tug’ish, vivipariya hayvonlarda nael qoldirish xili. T.t.da embrion ona organizmida rivojlanadi, odatda, yo’ldosh orqali bevosita uning xisobidan oziklanadi va onadan birmuncha rivojlangan, tuxum pustidan xalos bo’lgan bola holida tug’iladi. T.t.ning aksi, tuxum tug’ish hisoblanadi. T.t. va tuxum tug’ish tarixiy o’zaro bog’liq; buning dalili sifatida tuxumdan T.t. mavjudligini ko’rsatish mumkin. T.t.da murtak urgochi organizm jinsiy yo’llarida, bachadon (jinsiy yo’llarning kengaygan qismi)da yoki jinsiy qinda rivojlanadi. Ko’pchilik hayvonlarda murtak sirtida murtak qobig’i (xaltasi) hosil bo’ladi. Ayrim bo’shliqichlilar, chuvalchanglar, onixoforalar, ba’zi bo’g’imoyoqlilar, ignaterililar, mollyuskalar, xordalilardan salplar, ko’pgina akulalar, lappak baliklar, ba’zi karptishlilar, qurbaqalar, toshbaqalar, kaltakesaklar va ilonlar, ko’pchilik sut emizuvchilar (exidna, proexidna, o’rdakburundan tashqari) va odam uchun xosdir. Ba’zi o’simliklar ham tirik tug’adi (yana q. Tirik tug’uvchi o’simliklar).