TIRITAKA

TIRITAKA (Yunoncha Tyritake) — Bospor podsholigi shahri. Pantikapey (hozirgi Kerch)dan Janubda joylashgan. Miloddan avvalgi 6-asrda yunonlar tomonidan asos solingan. Milodiy 1 —3-asrlarda yirik baliq ovlash markazi. Arxeologik qazishlar natijasida shahar mudofaa devorlari, turar joy qoldiqlari, xo’jalik va maishiy buyumlar va boshqalar topilgan. Milodiy 4-asrning 2-yarmida Tiritaka aftidan gunnlar hujumi oqibatida vayron bo’lgan, biroq, undagi hayot ilk o’rta asrlarga qadar davom etgan.