Tirren dengizi
Tirren dengizi – O’rta dengizning bir qismi, yarim yopiq dengiz. Apennin ya.o. va Sisiliya, Sardiniya, Korsika o.lari oralig’ida joylashgan. O’rta dengizning boshqa qismlari bilan Korsika, Bonifacho, Sardiniya va Messina bo’g’ozlari orqali bog’langan. Mayd. 214 ming km2. Eng chuqur joyi 3830 m. Dengizning Jan.sharqida Lipari o.lari joylashgan. Suvining trasi yuza qismida ezda 22-24,5°, qishda 13-14°. Sho’rligi 37,2—38,2%,,. Suv ko’tarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (bal. 0,5 m). Baliqovlanadi. Yirik portlari: Neapol, Palermo, Kalyari (Italiya), Bastiya (Frantsiya).