Tirsakli val
Tirsakli val — porshenli dvigatellar, nasoslar, kompressorlar, temirchilikpresslash mashinalari va b. qurilmalardagi krivoshipli mexanizmning aylanuvchi zvenosi. Bitta yoki bir nechta tirsakli (nomi shundan) hamda bir nechta o’qdosh o’zak bo’yinlari, har bir tirsagida 2 ta shcheka va 1 ta bo’yin bo’ladi. Bo’yinlar o’zak bo’yinlar va shatun bo’yinlarga bo’linadi. O’zak bo’yin podshipnikka tayanadi, shatun bo’yinga shatun biriktiriladi. Shatun bo’yinlarning o’qi T. v. ning aylanish o’qiga nisbatan biroz siljigan (narirokda) bo’ladi. Porshenli mashinalar (mas., avtomobillar) da T.v. tirsaklarining soni tsilindrlar soniga teng bo’ladi.Tirsaklarning qanday tartibda joylashishi mashinaning ish tsikliga, tsilindrlarning joylashishiga qarab belgilanadi. T. v. uglerodli yoki legirlangan po’lat yoki mustahkam cho’yandan yaxlit, quyma tarzda yoki bolg’alash usulida yasaladi.