Tisa, Tissa
Tisa, Tissa — Evropadagi Daryo, Ukraina, Vengriya, Serbiya va Chernogoriya hududlaridan (qisman Ukraina bilan Ruminiya va Vengriya bilan Slovakiya chegaralaridan) oqadi. Dunayning eng katta chap irmog’i. Uz. 966 km. Havzasining mayd. 157,1 ming km2. O’rmonli Karpat tog’lari (Ukraina hududi)dan boshlanadi. Ko’p qismi O’rta Dunay tekisligidan oqadi. Qor va yomg’irdan suv oladi, bahorda sersuv, ezda ba’zan toshadi. Suvi ko’payganda quyi qismida suv sathi 4-5 m ko’tariladi. O’rtacha suv sarfi quyi qismida 810 m3/sek. Qish sovuq kelgan yillarda 1-2,5 oy muzlaydi. T.dan yog’och oqizishda (yuqori oqimida) va sug’orishda foydalaniladi. Tisakarad sh.gacha (Vengriya) kema qatnaydi. T. bo’yida Xust (Ukraina), Tisafyured, Solnok, Seged (Vengriya) sh.lari joylashgan. T.da suv ombori, Tisalyok va Kishkere (Vengriya) gidrouzellari qurilgan.