Tiselius Arne Vilgelm Kaurin
Tiselius Arne Vilgelm Kaurin (1902.10.8, Stokgolm — 1971. 29.10, Upsala) — shved biokimyogari. Shvesiya Qirollik FA a’zosi (1939 y.dan). Upsala unti prof. (1938 y.dan), biokimyo inti direktori (1951 y.dan). Tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar bo’yicha Shvesiya davlat kengashi raisi (1946— 50). Asosiy ilmiy ishlari adsorbtsiya va elektroforez tadqiqotlariga oid. Adsorbtsion xromatografiya usulini kashf etgan (1931 — 35) va undan foydalanib, tarkibida aminokislotalar, peptidlar, uglevodlar bo’lgan aralashmalarni sifat va mikdor jihatdan tahlil qilgan. Immunoelektroforez usuli bilan qon normal zardobining oqsil tuzilishini o’rganishga asos solgan. Kimyo bo’yicha Nobel qo’mitasi prezidenti (1960-71). Nobel mukofoti laureati (1948).