Tisian
Tisian (asli Tisiano Vechellio, Tiziano Vecellio) (1476/77 yoki 1480 y.lar, Pevedikadore, Venesiya — 1576.27.8, Venesiya) — italyan rassomi, Uyg’onish davri Venesiya maktabining eng yirik namoyandasi. O’smirlik davridan Venesiyada. Jovanni Bellini ustaxonasida ta’lim olgan. Jorjone bilan yaqin bo’lgan, unga Venesiyadagi binolarni devoriy rasmlar bilan bezashda yordam bergan (parchalari sakdangan). Asosan Venesiyada, shuningdek, Paduya (1506), Mantuya (1536-37), Ferrara (1516— 23), Urbino (154244), Rim (154546) va Augsberg (1548,1550—51)da ishlagan. T. ijodida Uyg’onish davrining insonparvarlik g’oyalari aks ettirilgan bo’lib, unint hayotbaxsh san’ati serqirra, hayot voqealarini keng qamrovli qilib olishi, davrning dramatik voqealarini teran ochib berishi bilan ajralib turadi. Ilk asarlarida Jorjonening ta’siri seziladi (“Iso va gunohkor ayol”, “Iso va Magdalina”, 1510-y.lar boshi va b.). 1510-y.lar o’rtalaridan Rafael va Mikelanjelo ijodini o’rganganidan so’ng o’zining mustaqil uslubini ishlab chikdi: sokin va shodon obrazlari hayotbaxsh tuyg’ularning yorqinligi, ichki nurlanganligi bilan alohida ahamiyatga ega (“dunyoviy muhabbat va ilohiy muhabbat”, taxm. 1515-16; “Flora”, taxm. 1515; “Veneraning bayrami”, 1518; “Tobutga qo’yish”, 1520 va b.), diqqatini ko’proq monumental, ko’tarinki ruh va dinamika bilan ishlanadigan kompozisiyalarga qaratgan (“Maryamning osmonga ko’tarilishi”, taxm. 1515-18, Santamariya Glorioza dei Frari cherkovida va b.). Yakka va guruh portretlarida zamondoshlarini, ulardagi xislatlar (o’ziga ishonch, g’urur, shubha, ikkiyuzlamachilik, yolg’on va h.k.)ni o’ta sinchkovlik bilan tasvirlaydi, tasvirlanayotganlarning munosabatlari mohiyatini, holatdagi dramatizmni aevsiz fosh qiladi, har bir obraz uchun o’ziga xos qiyofa, kiyim, holat, kompozisiya, zamin tanlaydi: “Ippolito Medichi” (1532-33), “La Bella” (taxm. 1536), “Papa Pavel III Alessandro va Ottavio Farneze bilan birga” (1545— 46), “Karl V” (1548) va b. 16-a. o’rtalaridan T. ijodining so’nggi davri boshlandi, bu davrda u rangtasvirda mahorat cho’qqisiga ko’tarildi, mifologik va liniy mavzular talqinida ham chuqur teranlikka erishdi: “Danaya” (1554), “Venera va Adonis” (1554), “Evropaning o’g’irlanishi” (taxm. 1559), “tobutga qo’yish” (1559), “tavba qilayotgan Mariya Magdalina” (1560-y.lar), “Avliyo Sebastyan”, “Isoga motam” (1573-76) va b. T. ko’plab dadil rangtasvir usuli bilan ajralib turuvchi rasmlar yaratgan, shakl va manzaralar ularda engil, aniq, mayin nursoya keskinligida bajarilgan. T. rangtasvirda yaratgan erkin ishlash usuli jahon rangtasvirining keying taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Turli davrlarda turli mamlakatlar rassomlari T. ijodiga muntazam murojaat qildilar, asarlarini sinchiklab o’rgandilar (Veroneze, Tintoretto, N. Pussen, P. Rubens, D. Velaskes, Rembrandt, E. Delakrua, E. Mane va b.).