Tissagetlar

Tissagetlar (Yun. Thyssagetai) — antik davr mualliflari asarlarida qayd etilgan qad. qabilalar. Gerodot va b.ning guvog’lik berishiga ko’ra, T. budinlar va savromapiardan Sharq va shim. Sharq tomonda, ulardan 7 kunlik masofadagi hududda yashaganlar. T. o’rmonlarda yashab, ovchilik bilan shug’ullanishgan, hayvon go’shtlarini eb, suyaklarini ma’budlarga qurbonlik keltirishgan. Volgaorti, Uralning g’arbiy tumanlari (Kama, Vyatka, Belaya, Chusovaya daryolari sohili bo’ylab) ning o’rmon zonasida yashashgan. T.ning Sharqiy Evropaning shim. dagi qad. finugor qabilalari bilan qardoshligi haqida taxminlar mavjud.