Titan
Titan — Saturn sayyorasining eng katta yo’ldoshi, diametri taxm. 5150 km, sayyoradan o’rtacha uzoqligi 1,2 mln. km. Saturn atrofini taxm. 16 sutkada aylanib chiqadi. T. Quyosh sistemasidagi kattaligi bo’iicha Yupiter yo’ldoshi Ganimeddan keyingi ikkinchi yo’ldosh. Massasi ancha katta (1,41023 kg) bo’lgani uchun Saturnning boshqa yuldoshlariga ta’sir etadi. T. metan va ammiakdan iborat atmosferaga ega. 1655 y.da X. Gyuygens kashf etgan (yana q. Sayyoralar yo’ldoshlari).