Titan qotishmalar
Titan qotishmalar tarkibida muayyan miqdorda legirlovchi elementlar [alyuminiy A1 (8%), molibden mo(30%), vanadiy (V 16%), marganes Mp (8%), temir G’e (5%) va b.] bo’lgan titan asosidagi materiallar. Mustahkamligi yuqori, uncha zich emas. Kriogen t-ra (-250°S) dan yuqori (300-600°S) tralarda dengiz suvi va b. emiruvchi muhitlarda zanglash (korroziya) va emirilishga turg’un. Antifriktsion (ishqalanishga qarshi) xossalari past bo’lganligi uchun T.q.dan tayyorlangan detallarning ishqalanuvchi sirtlarini moylab turishga to’g’ri keladi. T.q. samolyotsozlik, raketasozlik, energetika mashinasozligi, kemasozlik, kimyo sanoati va b. sohalarda ishlatiladi.