“Titanik”

“Titanik” (“Titanic”) — 20-a. boshidagi eng katta yo’lovchilar kemasi. Buyuk Britaniyada 1911 y. qurilgan. Sautgempton sh. (Buyuk Britaniya) dan NyuYork sh. (AQSh)ga birinchi suzishidayoq (1912 y., aprel) aysberg bilan to’qnashib cho’kib ketgan. Turli ma’lumotlarga ko’ra, halok bo’lganlar soni 1400 dan 1517 gacha kishini tashkil etgan (kema bortida jami 2200 kishi bo’lgan). “T.”ning halokati 20-a.dagi eng yirik va mudhish dengiz falokatlaridan biri hisoblanadi. 1985 y. Amerika-Frantsiya ekspedisiyasi cho’kkan “T.”qoldiqlarini Nyufaundlend orolining Jan.Sharq tomonidan 800 km nariroqda topgan.