Titr

Titr (kinematografiyada) — filmlardagi yozuv. Sarlavha, oraliq T.lari, shuningdek, kadr ichidagi T. (subtitr) larga bo’linadi. Sarlavha T.larida kinostudiya va filmning nomi, chiqarilgan yili, uni yaratishda qatnashgan ijodkorlarning ism, familiyalari ko’rsatiladi. Oraliq T.larda film seriyasi, qismlari, novella yoki lavhaning nomi beriladi. Ba’zi filmlarda tushuntirish matnlari ham uchraydi. Kadr ichidagi T.dan esa chet el filmlaridagi replika va dialoglar tarjimasini berishda, shuningdek, o’quv filmlarini tushuntirishda foydalaniladi. T.lar, ayniqsa, ovozsiz kino davrida muhim rol o’ynagan.