Tiva (Tuva), Tiva Respublikasi

Tiva (Tuva), Tiva Respublikasi — Rossiya Federasiyasi tarkibidagi respublika. Osiyo markazida, Sharqiy Sibir Jan.da joylashgan. Mayd. 170,5 ming km2. Aholisi 305,5 ming kishi (2002). Poytaxti — Kizil sh. Ma’muriy jihatdan 16 tuman, 5 shahar, 2 shaxarchaga bo’linadi. Davlat tuzumi. T. — respublika. Davlat boshlig’i — prezident. Krnun chiqaruvchi hokimiyatni Oliy xural (parlament), ijrochi xrkimiyatni president boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. T. tog’li mamlakat (butun hududning 82% tog’lardan iborat). Markaziy va g’arbiy qismlaridagi G’arbiy Sayan, Oltoy, TannuOla tog’tizmalari va Sharqiy Tuva tog’lari oralig’ida Tuva soyligi bor. Jan.G’arbdagi Monguntayga massivi — respublikaning eng baland joyi (3970 m), Sharkda Sharqiy Sayan Jan.g’arbiy yon bag’irlari, tojin soyligi, Sharqiy Tuva va Sangilen tog’liklari joylashgan. Foydali qazilmalari: toshko’mir, rangli va Nodir metall, temir rudalari, asbest, kobalt, oltin, simob, binokorlik materiallari va b. Iklimi keskin kontinental, qishi sovuq, shim. soyliklarda qor kam yog’adi, tog’da yoz iliq, soyliklarda issiq. Yanv.ning o’rtacha trasi -28° dan -35° gacha, iyulda 15-20°. Yillik yog’in soyliklarda 150-400 mm, tog’li joylarda 400-600 mm dan 800— 1000 mm gacha, yozi seryog’in. Hamma daryolari Eniseyt quyiladi. Uning 2 irmog’i — Katta Enisey (Biyxem) va kichik Enisey (Kaxem) T.dan boshlanadi. Jan. dan oqib o’tadigan Tesxem daryosi Ubsunur ko’liga quyiladi. Ular katta gidroenergiya zaxirasiga ega. Tojin soyligida tojin, Noyonxo’l, Manixo’l va b. ko’llar, mineral buloklar bor. Soyliklardagi qizg’ish, qo’ng’ir tuproqlarda dasht o’simliklari, tog’yon bag’irlaridagi kulrang o’rmon va podzollashgan tuproqlarda tilog’och, kedr, qarag’ay, archa o’sadi. Hammasi bo’lib 8,5 mln. gektar o’rmon bor. Dashtlarda tulki, bo’ri, tog’li taygalarda sobol, suvsar, bug’u, qung’ir ayiq, silovsin, baland tog’larda tog’echkisi va b. hayvonlar yashaydi. T. hududida azas, Ubsunur soyligi qo’riqxonalari tashkil etilgan. Aholisi. Tiva, rus, xakas va b. yashaydi. Davlat tili — Tiva tili; rus tili respublika hududida umum federal davlat tili hisoblanadi. Shahar aholisi 51,7%. Dindorlar lamaizmga e’tiqod qiladi. Shaharlari: Qizil, Shagonar, Chadan, Oq Dovurak. Tarixi. T. hududida yuqori paleolit davriga mansub arxeologiya yodgorliklari topilgan. Mil. AV. 2-a.ning oxiridan mil. 12-a.gacha bo’lgan uzoq davr mobaynida T. hududi turli kabila va davlatlar, jumladan, Turk va Uyg’ur xoqonliklari, Enisey qirg’izlari davlati hukmronligi ostida bo’lgan. 1207 y. T.ni Chingizxon qo’shinlari bosib oldi; 13— 14-a.larda Xitoyda hukmronlik qilgan yuan mo’g’ul sulolasi qo’l ostida bo’dtsi. 16-a. oxiridan 17-a.ning 2yarmigacha Oltinxonlar g’arbiy mo’g’ul davlati tarkibiga kiritilgan. 16-17-a.larda T.da lamaizm rasmiy din sifatida qaror topdi. 17-a. oxirlarida T. hududining talaygina qismini jung’arlar bosib oldi. 1757-1912 y.larda T. manjur va Xitoy hukmdorlariga qaram bo’ldi. T. Arat (dehqonchorvador)larining milliy ozodlik xarakati natijasida 1912 y. chet el hukmronligi barham topdi. 1914 y. T. Uryanxay o’lkasi nomi bilan Rossiya protektoratiga aylantirildi. 1918 y. 16 martda T.da sovet hokimiyati o’rnatildi. 1921 i. 14 avg.da ta’sis xurali Tannutuva xalq Respublikasi tuzilganini e’lon qildi, 1926 y.dan Tuva Respublikasi deb atala boshladi. 1944 y. 11 okt.da respublika RSFSR tarkibiga Muxtor vilo-yat sifatida kiritildi. 1961 i. 10 okt. da Muxtor respublikaga aylantirildi, 1991 i. okt. dan RF tarkibidagi T. Respublikasi rasmiy nomini oldi. Xo’jaligi. Yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 13,5%, qishloq xo’jaligi. niki 18,8%, kurilishniki 3,5 %, transportniki 2,2%, savdoniki 13,1% ni tashkil etadi. Sanoati ning asosiy tarmoqdari orasida konchilik (rangli metallar, asbest va b. qazib chiqarish) etakchi hisoblanadi. Oziq-ovqat (go’sht, sut, unyorma korxonalari), o’rmon va yog’ochsozlik korxonalari mavjud. Binokorlik materiallari (g’isht, temirbeton konstruktsiyalari, devorbop materiallar), metallsozlik, elektr energetika, mashinasozlik va engil sanoat (ko’nchilik) rivojlangan. Qizil issiqlik elektr styasi ishlaydi. Yiliga o’rtacha 0,1 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Ko’p sanoat korxonalari qizil va oq Dovurak sh.larida joylashgan. Qishloq xo’jaligida etakchi tarmoq — chorvachilik. Salkam 2,5 mln. gektar erning 159,1 ming gektari (6,4%) haydaladi, qolgan qismi pichanzor va yaylov. Mayin junli qo’ychilik, go’shtsut chorvachiligi, cho’chqachilik va parrandachilik rivojlangan. Yilqi, tuya, echki, bug’u qadimdan boqib kelinadi. Dehqonchilikda, asosan, g’alla (bug’doy, arpa, suli, tariq) va emxashak ekinlari etishtiriladi. Mo’ynachilik va darrandachilik muhim ahamiyatga ega. Transporti. Avtomobil yo’llari uz. -2472 km. Qizil — Minusinsk — Abakan va qizil — oq Dovurak avtomagistrallari respublikani boshqa respublikalar bilan bog’laydi. Katta Enisey va kichik Enisey daryolarida kema qatnaydi, yog’och oqiziladi. Ichki suv yo’llari uz. 1000 km dan ortiq. Qizil sh.da aeroport bor. T. chetga asbest, go’sht, jun, mo’yna, charm, doridarmon xom ashyosi yuboradi. Tibbiy xizmati. T.da har 10 ming aholiga 36 vrach to’g’ri keladi. 10 ga yaqin sanatoriykurort va dam olish muassasasi bor (Ushbeldir, Cheder kurortlari va b.). Maorifi va ilmiy muassasalari. Maorifi va xunartexnika ta’limi RFda qabul etilgan tizimga muvofiq tashkil qilingan. 163 umumiy o’rta ta’lim maktabida 61 ming, 5 o’rta maxsus o’quv yurtida 3,7 ming o’quvchi, 1 oliy o’quv yurti (Tiva unti)da 2,8 ming talaba ta’lim oladi. Til tarixi va adabiyot i. t. instituti, Rossiya faning Sibir bo’limi filiali, 164 kutubxona bor. Adabiyoti milliy yozuv paydo bo’lgandan (1930) keyin boy xalq she’riy ijodiyoti asosida vujudga keldi. 30-y. larda S. Sarigool, B. Xovenmey, S Pyurbyularning ilk she’rlari nashr etiddi. S. Pyurbyuning “chechak” dostoni (1941) nazm janrining dastlabki yirik asari edi. Keyinchalik S. Tokaning hikoya va ocherklari paydo bo’ldi. A. A. Palmbax, V. Kokool, S. Toka T. dramaturgiyasini yaratdilar. 2jahon urushidan so’ng S. Tokaning “Arat so’zi” trilogiyasi xalq hayotini haqqoniy aks ettirdi. Inson ruhiyatini ko’rsatuvchi dramalar, tarixiy qissalar bosilib chikdi. O. Saganool, S. Syuryunool, K. Kudaja romanlari, M. Kenin-Lopsan, R. Kyunzegesh dostonlari mashhur. Me’morligi va tasviriy san’ati. T. hududida paleolit va neolit davriga oid turar joylar, neolit va jez davriga mansub naqshli sopol idishlar topilgan. Skiflar davridan fil suyagi va jezdan yasalgan hayvon haykalchalari, ov manzaralari tasvirlangan toshlar saqlangan. Tivalar, asosan, kigiz o’tov (“kidisyog”) larda yashaganlar. O’tovning ichi rangbarang naqshli yog’och sandiq va karavotlar bilan jihozlangan, devorlariga soda geometrik nakshin namatgilamlar osilgan. 1940 y.dan dastgoh rassomligi va fafika tez rivojlandi. G. L. Torluk, S. Lanza kabi rassomlar, I. Salchak, Yu. Kurskiy kabi grafik rassomlar etishib chikdi. 20-a.ning 2yarmidan ko’chmanchi Arat – lar o’troklikka o’tish bilan qishloklarda yog’och va toshdan uylar, maktablar qurila boshladi. Qizil, Shagonar, Oq Dovurak sh.larida zamonaviy jamoat binolari, madaniy markazlar, turar joylar barpo etildi (hukumat uyi, drama teatri, unt binosi va b.). Musiqa san’ati qadimdan marosim va muhabbat qo’shiqlari, laparlar, qahramonlarga atalgan madhiyalardan iborat bo’lgan. Xalq musiqasi o’ziga xos ohanglar, metrik va ritmik tuzilishlarning xilmaxilligi bilan ajralib turadi. Cholg’u asboblari: torlikamonli dopshuluur, bizaanchi, IGIL; chertma sozlardan chadagan shanzi, shelerxomus, kuluzunxomus; puflama sozlardan murgu, shoor va b. 20-a.ning 2yarmidan an’anaviy musiqa janrlari bilan birga kantata, simfoniya va b. paydo bo’ldi. 1936 y. musiqali drama teatrstudiyasi va 1941 y. uning qoshida xalq cholg’u asboblari orkestri, 1947 y. xoreografiya bo’limi, o’sha yili musiqa maktabi, 1960 y. musiqa bilim yurti ochildi. Tanikli kompozitorlari — A. Aksyonov, A. Chirgalool, R. Kendenbil, D. Xureshool, xonandalari — K. Munzuk, N. Olzeyool. T.da radiotelevideniening simfonik orkestri (1966), filarmoniya (1969), “Sayan” ashula va raqs ansambli (1970), “ayan” folklor ansambli (1980) bor. Teatri. T. xalq o’yinlari va folklor asarlarida, milliy marosimlarida teatr san’ati unsurlari bo’lgan. 1920-y.lar o’rtalarida ilk havaskor drama to’garaklari tuzilib, bir pardali pesalar namoyish etilgan. 1936 y. Kizil sh.dagi o’quv ktida teatr studiyasi ochilishi professional teatrga asos soldi. Davlat badiiy teatri (1940 y.dan Davlat musiqali drama teatri) ochildi. 1947 y.dan milliy teatr ishlay boshladi. V. B. Oskalool rahbarligidagi dorbozlar 1945 y.dan faoliyat ko’rsatgan.