TIZIMLI TRANSFORMATSIYA
TIZIMLI TRANSFORMATSIYA (o’zgarish) — kommunistik tizimni demokratiya va bozor iqtisodiyotini qaror toptirish maqsadida o’zgartirish hisoblanadi. Tizimli transformasiyaning demokratik tranzitdan muhim farqi shundaki, unda tizimda mavjud ijtimoiy institutlar, tuzilmalar tubdan o’zgaradi, qayta quriladi. Totalitarizmdan demokratiyaga o’tayotgan mamlakatlar siyosiy tizimlarida o’zgarishlar jamiyatning faqat siyosiy sohasida emas, qolgan barcha sohalarida ham kechadi. Shuning uchun bu yo’lni tanlagan mamlakatlar bir vaqtning o’zida ikki murakkab vazifani bajarishlari lozim bo’ladi: birinchidan, totalitarizmning institusional, sotsial, ruhiy asoratlaridan qutulish; ikkinchidan, jamiyatga mulkchilik munosabatlarini kiritib, ularni aks ettiruvchi yangicha ijtimoiy tabaqalashuvni, avvalo, ―o’rta sinfni shakllantirishi kerak.