TO’FON
TO’FON, dovul — 1) Bofort shkalasi bo’yicha kuchi 12 balli, ya’ni tezligi 35 metr/sekunddan ziyod, yer atmosferasidagi eng kuchli shamollashgan. To’fon binolarga katta zarar yetkazadi, daraxtlarni sindiradi; dengizlarda kuchli to’lqin hosil qilib, kemalar suzishini qiyinlashtiradi, halokatlarga ham olib kelishi mumkin. To’fon, odatda, serharakat tsiklonlar bilan bog’liq vujudga keladi. Ba’zan kuchli quyun tarzida ro’y beradi; 2) yahudiy, xristian, Islom dinlarining ilohiy kitoblarida nakl etilgan olamni suv bosishi. Bu hodisa osiy bandalarga Xudo tomonidan yuborilgan jazo sifatida ta’kidlanadi. Qur’onning bir necha oyatlarida bu voqea Nuh payg’ambar davrida sodir bo’lgani qayd etilgan. Bu naqlda miloddan avvalgi 3-ming yillikning oxirida Mesopotamiyayaa yuz bergan ulkan suv toshqini aks etgan bo’lishi mumkin.