Tog’ jinslarining burmalanishi

Tog’ jinslarining burmalanishi, burmalanishning hosil bo’lishi —tektonik deformasiyalar natijasida tog’jinslari katlamlarining ezilib, burmalanish jarayoni. Burmalar majmuasi shakli, kelib chiqishi va hosil bo’lishining kinematik sharoitlariga qarab farqlanadi. T.j.b. morfologik belgilarga qarab to’liq, golomorfli yoki uzun, ingichka burmalardan tashkil topgan, qavariq (antiklinal) va botiq (sinklinal) burmalangan zonalarni muntazam to’ldirib turuvchi chizikdi (alpinotipli); uzuqyulukli yoki alohida, tarqoq, ko’proq antiklinal burmalarga yakin turli shakldagi (vallar, gumbazlar, noto’g’ri ko’rinishli ko’tarilmalar) to’g’ri yotgan qatlamlar maydonlari bilan bo’lingan guruhlardan tashkil topgan idiomorfli; oralik, burmalanishli va b. tiplarga bo’linadi. To’liq burmalanishda hududning qamma maydoni antiklinal va sinklinal burmalar bilan band bo’lib, gorizontal katlamlar uchramaydi. Unda, asosan, surilish va ushalish, tog’jinslarining jipslashishi va metamorfizmi sodir bo’ladi. Uzuqyuluq burmalanishga braxiantiklinal va braxisinklinallar, ko’tarilmalar, gumbazlar, diapir burma va b. kiradi. Ularda tik tektonik buzilishlar ko’p uchraydi. Oraliq burmalanishlar 2 xil: qirrasimon va sandik,Simon bo’ladi. Qirrasimon burmalanishda jarlik, siqiq antiklinal va keng tekis sinklinallar navbatmanavbat keladi, tog oldi bukilmalarida uchraydi. Sandiqsimon burmalanish sandiqsimon antiklinal va sinklinallardan iborat. Turli davrlarda hosil bo’lgan turli yoshdagi burmalanishlar ma’lum. Mas., Baykal (tokembriy oxiri — kembriy boshi), Kaledon (quyi paleozoy oxirida), gersin (yuqori paleozoyda), kimmeriy yoki Tinch okean (yuqori yura va bur davrlarida) va Alp (kaynozoyda) burmalanishlari. T.j.b.ni o’rganish faqat nazariy emas, balki amaliy ahamiyatga ega, chunki burmali deformasiyalar foydali qazilmalar yotishining tavsifiga va kontsentrasiyasiga ta’sir ko’rsatadi. T.j.b. paytida neft, gaz va ba’zi bir ruda konlari hosil bo’ladi va to’planadi.