Tog’ jinslarining metamorfizmi

Tog’ jinslarining metamorfizmi (Yun. metamorphoomai — o’zgaraman) — er po’stidagi tog’jinslarining mineral va kimyoviy tarkibi, struktura va teksturalarining hamda chuqur flyuidlar (uchuvchi komponentlar), bosim, tra ta’siri ostida mantiyaning jiddiy o’zgarishi. “T.j.m.”termini ingliz geologi Ch. Layel tomonidan 1883 y.da kiritilgan. T.j.m. har doim tektonik dislokasiyalar (burmalanish, chuqur yoriqlar), ba’zan magmatik massalarning ko’tarilishi bilan bog’liq bo’lib, jinslar erimagan kristall (qattiq yoki plastik) holatida (ularga nurash, cho’kindilarning diagenezi va tsementlanishi, er yuzasiga yaqin joylardagi jipelashish jarayonlari tegishli emas) sodir buladi. Dislokasiyalar Erning chuqur zonalarigacha etib borib, flyuidlarning yuqoriga yo’nalgan oqimining hosil bo’lishi va magmatizmning rivojlanishiga olib keladigan traning ko’tarilishini, T.j.m.ni, endogen konlarning hosil bo’lishini tezlashtiradi. Bu jarayonlar genetik jihatdan o’zaro bog’liq bo’lib, er po’sti evolyusiyasi sur’ati davomida jismlarning yuqoriga yo’nalgan migrasiyasini aks ettiradi. T. j.m. metamorfik tog’jinslarining mineral tarkibini aniqgovchi omillar bo’lib, tra (T), metamorfizm rivojlanishining chuqurligi bilan aniqlanadigan litostatik bosim (Ps) va ba’zan NO2, N2, SO2, SN4, H2S, S12, G’2 va b. flyuidlarning tarkibiga kiruvchi kimyoviy gazlarning potentsiallari xizmat qiladi. Bu omillarning munosabatida (asosan, T, Ps, PH20), metamorfik jinslarda (metamorfizmfasiyalari)engasosiyminerallarning turg’unlik oblastlari ajralib turadi, uning asosida metamorfizm darajasini o’rganish va barcha metamorfik jinslarning bo’linishi yotadi. Bir yoklamali bosim (stress) T.j.m.ning omili bo’lib xizmat qilmaydi, chunki unda yangi minerallar hosil bo’lmaydi. TTTu bilan bir vaqtda metamorfik tog’jinslarining teksturasiga ta’sir qilib, flyuidlar uchun jinslarning o’tkazuvchanligini ko’paytiradi. T.j.m. uchuvchi komponentlarning (N2O, SO2, O2) faqatgina tarkibi o’zgarganida, shartli ravishda izokimyoviy, boshka komponentlarning (K2O, Na2O, CaO va b.) o’zgarishi bilan bog’liq bo’lganda allokimyoviy; tog’jinslari kimyoviy tarkibining intensiv (jadal) lokal o’zgarishlarida, komponentlarning bir qismi butkul harakatdagi tarkibga o’tganda T.j.m. metasomatizm deyiladi. Dastlabki minerallarning kimyoviy tarkibi o’zgarishi darajasi, izokimyoviy metamorfizm — allakimyoviy metamorfizm — metasomatizm jarayonlari bilan bir qatorda o’sib boradi. T.j.m. juda katta hajmdagi tog’jinslarini qurshab olishi mumkin (tog’jinslarining regional metamorfizmi) yoki mahalliy bo’lib, otqindi jinslar bilan kontaktda (kontaktli metamorfizm) yoki yorikdarda (yorikdi metamorfizm) bo’ladi. Geosinklinal rivojlanishi tarixida erta (granitgacha) bo’lgan natriy tavsifidagi (splitlar, albitxloritli va glaukofanli slaneslar, evkogitlarning hosil bo’lishi), plagiogranitlarning shakllanishi bilan bog’liq (plagimigmatitlar, plagigneyslar, albitli slyudali slaneslar va b.) yoki normadagi kaliy granitli (migmatitlar, gneyslar, slyudali slaneslar, fillitlar va b.) T.j.m. farq qilinadi. Geosinklinallarning erta rivojlanishida, metamorfik mintaqalar evolyusiyasida metamorfizmning natriyli tavsifi, metamorflashgan eritmalarda kaliyning roli kuchayishi yo’nalishida o’zgaradi. Tra ko’tarilganda sodir bo’ladigan T.j.m. progressivli deb ataladi. U tub jinslarda uchuvchi komponentlarning yo’qolishi mobaynida kuzatiladi. Tra pasaygan vaziyatdagi teskari jarayon tog’jinslarining regressivli metamorfizmi deyiladi. Takroriy regressivli metamorfizm diaftorez deb ataladi (yana q. Petrografiya).