Tog’ kompasi

Tog’ kompasi — tog’jinslari qatlamining yotish elementlari: yotish burchagining o’lchami, og’ish va yo’nalish tomonlarini aniqlaydigan asbob. To’g’ri to’rtburchak shakldagi magnitlanmaydigan plastinka taglikka o’rnatilgan kompas va qiyalik burchagini aniqlashga moslashtirilgan oyna ko’rsatgichdan iborat. T. k.ning shim.—Jan. yo’nalishi (S—yu yoki N— S) taglikning uzun tomoniga parallel holda joylashtirilgan. Sharq — G’arb tomonlari (V—3) o’rni almashtirilib yozilgan. Kompas doirasi — limbi shim. qutbdan boshlab soat strelkasi harakatiga teskari yo’nalishda 360° ga bo’lingan. T.k. tog’jinsi qatlamiga uning yotishiga perpendikulyar ravishda yonboshi bilan, “S” harfli tomonini esa yotish yo’nalishi bo’ylab joylashtirilganda limbada shoqul ko’rsatayotgan kichik burchak — qatlamning yotish burchagi, kompas yonboshi bo’ylab qatlam yuzasidan o’tkazilgan chiziq — yotish chizig’i deyiladi. Yotish chizig’iga perpendikulyar chiziq, qatlamning yo’nalishini ko’rsatadi. Qatlam azimuti unga T.k.ni gorizontal ravishda “S—yu” yo’nalishini qatlam yo’nalishi chizig’iga Moe joylashtirilganda magnit strelkasini shim. uchi do – irasidagi ko’rsatkich — qatlam azimuti yo’nalishi bo’ladi. T.k.dan geol. qidiruv ishlarida foydalaniladi.