Tog’ maynasi

Tog’ maynasi (Myophonus caeruleus) — chumchuqsimonlar turkumining shaqshaqlar oilasiga mansub qush. Kattaligi zog’chadek, lekin qanotlari kaltaroq, dumi uzun, patlari ko’k yoki binafsha tusda. Tumshug’i sariq. Tanasining uzunligi 350 millimetr, dumi — 150 millimetrga yaqin. Og’irligi 170-200 gramm. Hindiston, Myanma, Xitoy, O’rta Osiyoda tarqalgan. Tog’lardagi suv havzalari bo’yida o’troq yashaydi. Uyasini toshlar orasiga va qoyalar yorig’iga quradi. 4— 5 tatuxum qo’yadi. Tog’ maynasi suv qasharotlari, ularning lichinkalari, mollyuskalar, qo’ng’izlar, chumolilar va xar xil mevalar bilan oziklanadi. Chiroyli, “baxt qushi” hisoblanadi.