Tog`-vodiy shamoli

Tog`-vodiy shamoli – tog`li o`lkalarda tunda tog` yonbag`ri va vodiy bo`ylab pastga tomon, kunduzi esa vodiy va yonbag`ir bo`ylab yuqori tomon esuvchi shamol. Tog`-vodiy shamoli havoning tog`lar bilan atrofdagi tekisliklarda, vodiy tagi bilan yonbag`irda turli darajada isishi hamda tunda tog`larda va yonbag`irda tez sovib ketishi natijasida bir xil balandlikda atmosfera bosimida tafovut vujudga kelishi oqibatida hosil bo`ladi.