Tog’-vodiy shamollari

Tog’-vodiy shamollari — tog’ li joylardagi o’z yo’nalishini sutkada ikki marta o’zgartiruvchi shamollar. Kunduzi vodiy shamoli vodiy va yon bag’ir bo’ylab yuqoriga, kechasi tog’shamoli pastga tomon esadi. T.v.sh. tog’tepasi bilan atrofdagi tekisliklardagi atmosferaning isishi va sovishi o’rtasidagi tafovut natijasida yuzaga keladigan mahalliy tsirkulyasiyadir. Kunduzi havo tog’va vodiylarda o’sha balandlikdagi tekisliklardagiga nisbatan kuchliroq isiydi va ko’proq kengayadi. Shu sababli tepada tog’dan tekislikka tomon bosim pasayadi va havo oqimi ham o’sha tomonga harakatlanadi. Havoning tepadan tekislikka qarab shunday oqishi orqasida pastda tekislikdan tog’tomonga qarab bosim pasayadi va natijada yuqoriga vodiy shamoli esadi. Kechasi tra va bosim aksincha o’zgaradi va shu sababli tog shamoli paydo bo’ladi. Tog’lar va vodiylar o’rtasidagi bu aylanma harakat bilan birga kechasi sovigan havo tog’yon bag’irlari bo’ylab pastga tushadi, kunduzi esa isigan havo yuqoriga ko’tariladi. T. v.sh. tezligi katta bo’lmaydi, ba’zan 10 m/sek.ga etishi mumkin. T.v.sh. o’rtacha kengliklarda, asosan, yozda esadi, quyi kengliklarda esa, yil bo’yi davom etishi mumkin. Ba’zan faqat kunduzgi (vodiy) yoki faqat tungi (tog’) shamol esadi. Baland tog’larda T.v.sh. atmosferaning 1 km va undan qalin qatlamini o’z ichiga oladi. Undan tepada teskari shamol esadi. T.v.sh. sutkalik namlik, bulut miqdori va yog’ingarchilikka katta ta’sir ko’rsatadi (yana q. Shamol).