Tog’ xrustali, tog’ billuri kvars

Tog’ xrustali, tog’ billuri kvars (SiO2)ning deyarli aralashmalarsiz paettrali modifikasiyasi; odatda, kimyoviy toza turi. Rangsiz, shaffof, ba’zan och tutun rang, sargish xili ham uchraydi. Trigonal singoniyada kristallanadi. Yirik, toza monokristallari kam, ko’proq metamorfik slaneslarning yoriq va bo’shliqlarida, turli tipdagi gidrotermal tomirlarning yoriqlarida, kamerali pegmatitlarda uchraydi. T.x.ning bir jinsli shaffof monokristallari optik asboblar hamda elektr va radiotexnikada pezoelektrik mahsulotlar uchun qimmatbaho xom ashyo xisoblanadi. T.x. badiiy tosh kesish san’ati1 da, kvarsli oynalar va zargarli k buyumlari yasashda ham ishlatiladi. T. x.ning yuqori sifatli xili sun’iy yo’l bilan olinadi. T.x. konlari Rossiya (Ural, Oltoy), Ukraina, Xitoy, Braziliya, Shveytsariyada mavjud. O’zbekistonda T. x., asosan, Maydontol tog’larida topilgan.