To’garak chuvalchanglar

To’garak chuvalchanglar, nematodalar (Nematoda) — birlamchi tana bo’shlikli chuvalchanglar sinfi. Tanasi ipsimon, duksimon, ba’zan limonsimon, bochkasimon; ko’ndalang kesimi to’garak shaklda (nomi shundan). Erkin yashovchi T. ch. mayda (0,05 mm dan 5, ba’zan 50 mm gacha), parazit turlari, odatda, mayda, lekin bir qancha turlari 20 — 40 sm ga, ba’zan 8,4 m ga etadi (kashalotlar bachadonidan topilgan gigant plasentonema). T. ch. ayrim jinsli; tuxum qo’yadi yoki ayrim turlari tirik tug’ib ko’payadi. Erkin yashovchi T.ch. bakteriyalar, suvo’tlar, detrit bilan, ayrim turlari yirtqichlik qilib oziklanadi. T.ch. orasida ko’p turlari hayvonlar, o’simlik zamburug’lari va odamda parazitlik kiladi. 20000 dan ortiq turi bor. Er yuzida juda keng tarqalgan; tuproq, dengiz va chuchuk suvlarda xay von va o’simlik to’qimalarida uchraydi. Odam va hayvonlarga askaridolar, rishta, trixina va b., qishloq xo’jaligi. ekinlariga bo’rtma nematodalar, kartoshka, sholi, bug’doy nematodalari va b. ziyon keltiradi. O’zbekistonda sabzavot va poliz ekinlari bo’rtma nematodalar bilan kuchli zararlanadi.