TOIROV MAHMUD

TOIROV MAHMUD (1952.31.8, Toshkent viloyati Parkent tumani) — O’zbekiston xalq shoiri (2005). Toshkent universitetining Filologiya fakultetini tutatgan (1977). Respublika radiosining bolalar va o’smirlar uchun eshittirishlar bosh tahririyatida adabiy xodim (1978-84). “Parkent tongi” gazetasida muharrir (1984 yildan), O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat bo’limining mas’ul kotibi (1999 y.dan). Dastlabki she’riy to’plami — “ayt endi, yuragim” (1991). Shundan keyin Toirovning “biz nechun uchrashdik” (1992). “Muhabbat shevasi” (1995), “Oqib ketgan armonlar” (1996). “Barmoqlar bodasi” (1998), “Haqni tanib” (1999). “Yuz to’rtlik” (2002) kabi asarlari nashr etilgan. Toirov an’anaviy uelub shoiri. She’rlarida oddiy insoniy tuyg’ular, yurt madhi va muhabbat mavzulari aks etgan. Ko’plab she’rlari tanikli xonandalar gomonidan kuylanati. “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan (2001). As: Saylanma. T . 2002.