Tojiboev Akram Ashurovich

Tojiboev Akram Ashurovich (1944.29.12, G’allaorol tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). SamDU (1969) va Sirdaryo pedagogika inti (1978)ni tugatgan. 1969 y.dan Payariq, Guliston tumanlaridagi maktablarda ingliz tili o’qituvchisi, internat maktabda o’quv bo’limi mudiri, Payariq tuman xalq ta’limi bo’limida usuliyotchi, nazoratchi, 1992 y.dan Chelak tuman xalq ta’limi bo’limida usuliyot kabineti mudiri, 1995-97 y.larda 26maktab direktori.