Tojiev Baqo Hamidovich

Tojiev Baqo Hamidovich (1913 — Samarkand — 1989.1.9) — aktyor, rej., O’zbekiston xalq artisti (1978). T. xarakterli rollar ustasi sifatida tanilgan. Yaratgan obrazlarini yorqin bo’yoqlarda ko’rsatish, ijroda kuchli dramatizm, ifoda vositalarini to’g’ri va aniq tanlash, sahna madaniyatini o’z me’yorida ushlab turish uning ijodiga xosdir. T.ning yirik xarakterdagi ta’sirchan obrazlari teatr san’atiga katta hissa bo’lib qo’shildi: Shodi (u. Ismoilov, “Hodi va Shodi”), Umurzoq, Xolmat, Ro’zi a’lam (Hamza, “Xolisxon”, “boy ila xizmatchi”, “Maysaraning ishi”), vazir Qoraxon (S. Hayitboev, H. Razzoqov, “Nodira”), Shopur (Navoiy, “Farhod va Shirin”), Mahkamboy (Sh. Sa’dulla, D. Zokirov, “dalada bayram”), Boltaboy, O’rgilsin tog’a (D. Fayziy, “Zarafshon kizi”, “Atlasxon”),Rodrigo (u. Shekspir, “Otello”), Pramod (P. Dos, “buzilgan bola”), Agnostoz (g. Figeyredo, “Ezop”), Sulaymon (U. Hojibekov, “Arshin mol olon”), Farhod (X. Muxtorov, “Muhabbat guli”) kabi fojiaviy va hajviy, dramatik rollari bilan tanilgan. Rej. sifatida “muhabbat guli” (X. Muxtorov), “Farzand”, “Onalar” (Soli Ismoilzoda), “Nurxon”, “Gulsara” (K. Yashin), “kim aybdor?”(O. Tolipov), “Ayajonlarim” (A. Qahhor), “besh kunlik kuyov” (Shuhrat), “kampirning makri” (g. Stefanskiy) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. T. bir qancha filmlar (“Pomir bolalari”, “qora ko’lankalar”, “Ulug’bek yulduzi”, “Hamza”, “farzandlar” kabi)da ham suratga tushgan.