Tojimuratov Adenboy
Tojimuratov Adenboy (1930, Mo’ynoq tumani — 1992, Nukus) — Qoraqalpog’iston xalk, yozuvchisi (1990). Filol. fanlari nomzodi (1966). Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1967). Xo’jayli ped. bilim yurtini (1946), Nukus ped. intini tugatgan (1952). Qoraqalpoq Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1963-65). N. Dovqoraev nomidagi til va adabiyot intida ilmiy xodim (1965-68), Nukus ped. intida o’qituvchi (1968-77), O’zbekiston ped. i.t. inti Qoraqalpog’iston filiali direktori (1977 y.dan). Ilk she’rlar to’plami — “tinchlik kaptari” (1957) bolalarga bag’ishlangan. “Eng qadrli so’zlar” (1959), “suhbatlar” (1960), “Umri boqiy chol” (1963) to’plamlariga kirgan hikoyalarida, “Sarkopli Botir” (1961), “Maqsad” (1974), “Suluvxon” (1980) qissalari va “oydinlar” (1976) she’riy to’plamida qoraqalpoqxalqi hayoti aks etgan. T. 1966 y. qoraqalpoq xalq qo’shiqlarini yig’ib, nashr ettirgan. “Qoraqalpoq xalq ko’shiklari” monografiyasi qoraqalpoq adabiyotshunosligida muhim o’rin tutadi. “Qoraqalpoq folklori” (1979) darsligi mualliflaridan biri. R.Tagorning “halokat” romani, A.Qahhorning “Sinchalak” qissasi, Ch.Aytmatovning “qizil durrachali dilbarim” qissasi asosidagi pesa, Sayd Aqmadning “Ufq” romanini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan. Ayrim asarlari o’zbek tiliga tarjima etilgan. As: Sarkopli Botir, 1963.