Tok manbalari
Tok manbalari — har xil energiya turlarini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilmalar. Shartli ravishda kimyoviy va fizik T.m.ga bo’linadi. Kimyoviy T.m.da oksidlashtiklash reaktsiyasi natijasida elektr energiyasi hosil bo’ladi. Bunday T.m. jumlasiga galvanik elementlar, elektrkimyoviy generatorlar va b. qurilmalar kiradi. Fizik T.m. issiklik, mexanik, elektromagnit energiyani, shuningdek, radiasion nurlanish (mas., Quyosh nurlari) va yadroviy parchalanish reaktsiyasi energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradi. Elektromagnit generatorlar, termoelektr generatorlar, quyosh batareyalari va b. shular jumlasiga kiradi. Atom elektr stantsiyasi (AES), gidroelektr stantsiya (GES), issiqlik elektr stantsiyalari (IES), shamol energetika qurilmasi va b. ham T.m. hisoblanadi.