Toldoshlar

Toldoshlar (Salicaceae) — ikki uyli o’simliklar oilasi. Daraxt, buta va ba’zan yarimbuta. Bargi oddiy, spiralsimon joylashgan; gullari bir jinsli, to’pguli kuchala. Barg yozilguncha yoki yozilgandan keyin kuchala hosil qiladi. Gullari yon bargchalar qo’ltig’ida. Changchisi 8 tagacha. Shamol va hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi bir uyali, ko’p urug’li ko’sakcha, ikkiuch pallaga bo’linadi, urug’ining tubida kumush rang tuklari bor. Urug’lari shu tuklar yordamida, havo va suv orqali tarqaladi. Urug’idan va qalamchasidan ko’payadi. Shim. yarim sharning mo”tadil zonasidagi dare, ko’l bo’ylarida nam erlarda usadi. T.ning 3 turkumi, 400 dan ortiq turi bor. O’rta Osiyoda 70 turi bo’lib, 40 tasi mahalliy, 30 tasi introduktsiya qilingan. Meliorasiya maqsadlarida va dekorativ o’simlik sifatida o’stiriladi. Yog’ochidan mebel, taxta, gugurt i. ch., uyjoy kurilishida foydalaniladi.