Tolishmug’on madaniyati

Tolishmug’on madaniyati – jez va ilk temir davriga oid arxeologik madaniyat (mil. AV. 14-7-a. lar). Ozarbayjonning tolish toglari va mug’on dashtida tarqalgan. Kabristonlarni qazishda ma’lum bo’lgan. T. M.m.ning tog’li zonalarida bir necha erkak va ayollar jasadi birga daxmalarga dafn etilgan. Juft va yakka kabrlar ham uchraydi. Jasadlar g’ujanak yoki cho’ziq holda ko’milgan. T. M.m.ning past tekislik zonalarida tuproq qabrlar ochilgan. Ulardan jez va temir qurollar, har xil sopol idishlar, tilla va jez bezaklar hamda jezdan yasalgan hayvon shakllari topilgan. T.M.m.ni yaratgan kabilalarning asosiy mashg’uloti dehqonchilik, tog’larda esa chorvachilik va metallsozlik bo’lgan. Dafn jihozlari va marosimlari patriarxal urug’jamoalarida mulkiy tabaqalanish boshlanganini aks ettiradi. G’arbiy Osiyo mamlakatlari bilan aloqasi bo’lganligi kuzatiladi.