Tolmen (Tolman) Eduard Cheys
Tolmen (Tolman) Eduard Cheys (1886-1959) — amerikalik psixolog, neobixeviorizm nazariyotchisi. Bixeviorizm, geshtalo’ppsixologiya va freydizm g’oyalarini birlashtirib, yangi ilmiy tizimni ishlab chiqqan. Bixeviorizm asoschisi J. Uotsonning g’oyasiga qaramaqarshi o’laroq, u hayvonlarning ham, insonlarning ham xulqi “stimul — reaktsiya” tipidagi birliklardan iborat tuzilishga emas, balki yaxlit xattiharakatlar tizimiga ega, deb hisoblaydi. Ushbu tizim o’z ichiga motiv, maqsad, ashyolar xususiyatlari va ularning tuzilmaviy munosabatlarini farqlash, faraz ishlab chiqish va uni tekshirish kabilarni qamrab oladi. T. mazkur ichki ruhiy holatlarni “oraliq o’zgaruvchanlik” tushunchasiga birlashtirgan. Ijobiy o’zgaruvchan reaktsiyalarni T. psixologik emas, balki jismoniy reaktsiyalar deb baholaydi. Asosiy asari “hayvonlar va odamlarda maqsadga yo’naltirilgan xattiharakat” (1932).