Tom
Tom — Rossiya Federatsiyasi Xakasiya Respublikasidagi daryo, ob daryosining yirik o’ng irmog’i. Uzunligi 827 kilometr, havzasining maydoni 62000 km2. Abakan tizmasining g’arbiy yon bag’ridan boshlanadi. Qoryomg’ir suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi quyilish joyida 1110 m3/sekund. Oktabr— dekabr boshlaridan aprel oxirigacha muzlab yotadi. Yirik irmoqlari: chapda — MrasSu, Kondoma, unga; o’ngda — USA, Taydon va boshqalar. Tomning quyilish joyidan Tomsk sh.gacha kema qatnaydi. Yog’och oqiziladi. Tom havzasida Kuznesk kumir havzasi mavjud. Tom bo’yida Novokuznesk, Kemerovo, Tomsk shaharlari joylashgan.