Tomchi

Tomchi (fizikada) — aylanma sirt bilan chegaralangan va muvozant holatda turgan kichik hajmli suyuqlik. T. suyuklikning tor teshikdan oqib chiqishida, biror sirtning chekkasidan oqib tushishida, uni mayda zarralarga aylantirishda hosil bo’ladi. Shuningdek, qattiq jismning ho’llanmaydigan sirtida va gazsimon muhitning kondensasiya markaz (ion, chang)larida bug’ni kondensasiyalanishi natijasida ham T. hosil bo’ladi; atmosferada — Suyukdikning sferik ko’rinishga ega bo’lgan zarrasi. Meteorologiyada, odatda, shudring, bulut, tuman, yomg’ir va shivalama yomg’irlardagi suv T. lari tushuniladi.