Tomchisoy

Tomchisoy — Surxondaryo viloyatidagi soy. Bobotog’ning g’arbiy yon bag’ridagi buloklardan boshlanadi (1200 metr). Uzunligi 26 kilometr, havzasining maydoni 84 km2. O’rtacha yillik suv sarfi 1,4 m3/sekund. Yomg’irdan, buloq va yer osti suvlaridan to’yinadi. Bahorda suvi ko’payadi. Havzasi yog’in kam yog’adigan pastak tog’larda bo’lganidan kamsuv. Tomchisoydan Sariosiyo tumanidagi ayrim qishloqlar suv ichadi.