Tomdibuloq

Tomdibuloq Navoiy viloyati Tomdi tumaniaagi qishloq. Tuman markazi. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Qizilquduq (65 kilometr). Aholisi 10 ming kishiga yaqin (2004). Artezian qudug’idan suv oladi. Hududida tuman hokimiyati, tuman davlat va ma’muriy tashkilotlari, umumiy ta’lim maktablari, kutubxona, klub muassasalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, aloqa bo’limi, Markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar bor. Tomdibuloqdan tumandagi yirik aholi punktlariga avtobus qatnaydi.