Tomditov
Tomditov — Markaziy Qizilqumdagi tog’, deyarli kenglik bo’ylab cho’zilgan. Shuvoqtov, Oqtov, Buzduastov, Muruntov, Qoratov kabi tizmalardan iborat. Bulardan eng balandi Oqtov tizmasi. Suvayirg’ich qismida (Oqtov) tekislangan yuzalar bor, yon bag’irlari tik, vaqtincha suv oquvchi qisqa, ba’zida dara shaklidagi o’zanlar bilan kesilgan etaklari tizmalardan emirilib tushgan shleyf yotqiziqlari bilan krplangan. Gorst — antiklinal strukturaga ega. Turon plitasining gersin burmalanishi davrida shakllangan poydevorining er yuzasiga chiqib qolgan va yangi tektonik burmalangan va metamorfizlashgan paleozoy davri slanes, ohaktosh, dolomit, granitlaridan tuzilgan. Ikdimi keskin kontinental, quruq va issiq. Yillik o’rtacha t-ra 19°, yanv.ning o’rtacha trasi -3,6°, eng past t-ra -33° gacha, iyulniki 27-30°, eng yuqori t-ra 46-48° ga ko’tariladi. T.ning yon bag’irlari va etaklarida bo’z, qo’ng’ir, qumli cho’l tuproklarida asosan, shuvoq, boyalich, arpag’on va b. o’simliklar o’sadi. Ulardan yaylov sifatida foydalaniladi. T.da ohaktosh, marmar, boksit, oltin va b. qazilma boyliklar ochilgan.