Tomson (Thomson) Lord Kelvin Uilyam

Tomson (Thomson) Lord Kelvin Uilyam (1824.26.6,Belfast — 1907.17.12, Largs, Glazgo yaqinida; Vestminstr abbatligida dafn etilgan) — ingliz fizigi, termodinamika va gazlar kinetjasi nazariyasi asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati a’zosi (1851 y.dan) va prezidenti (1890-95). Kembrij untini tugatgan (1845). Ilmiy xizmatlari uchun unga 1892 y.da Lord Kelvin (Kelvin) unvoni berilgan. Ilmiy ishlari fizika, mat. va texnikaning turli sohalariga oid. U tasvir olishning elektr usulini ishlab chiqqan (1845). Fizikaga mutlaq t-ra va uning nomi — Kelvin shkalasi nomi bilan ataluvchi termodinamik temperatura shkalasi tushunchalarini kiritgan (1848), R. Klauziussgm mustaqil ravishda termodinamikaning ikkinchi qonunini ta’riflagan (1851) va energiyaning sochilishi iborasini fanga kiritgan. Koinotning “issiklik halokati” gipotezasini aytgan. Termoelektr hodisalarnint termodinamik nazariyasini yaratgan, J.P.Joul bilan birga Joul — Tomson effektini (1853-54), Tomson effektink kashf etgan (1856). 1870 y.da to’yingan bug’elastikligining suyuklik sirti shakliga bog’liqligini aniklagan. T.ning ilmiy ishlari, shuningdek, gidrodinamika, astrofizika, geofizikaning turli masalalariga oid. Ideal suyuqdikda tsirkulyasiyaning saklanish qonunini yaratib, uyurmali harakat nazariyasiga asos solgan. T. ko’pgina kashfiyotlar qilgan: kvadrant va mutlaq elektrometrlar hamda dengiz asboblarini yaratgan; magnit kompasi, ko’zgu galvanometri va b. asboblarni mukammallashtirgan. Transatlantik kabel orkali telegraf alokani uzatishni amalga oshirish qatnashchisi.